BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan UZAF/ECTAC (“Surxondaryo viloyatining Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash salohiyatini oshirish”) loyihasi “Startap” biznes g‘oyalarini rivojlantirish uchun mini grantlar (4000$ gacha!) tanlovini e’lon qiladi!
Loyiha haqida qisqacha:
ECTAC loyihasi (2022–2026) Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston fuqarolari (ayniqsa yoshlar va ayollar) uchun kasbiy ta’lim, qisqa muddatli kurslar va raqamli o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Maqsad – bandlik, daromad manbalari yaratish va ma’lum ijtimoiy-qitisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

Tanlovda Surxondaryo viloyatida yashovchi 20-55 yoshdagi barcha Afg‘oniston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Topshirish muddati:
Ariza (biznes reja) topshirish boshlanishi: 19-yanvar 2026 (Dushanba)
Oxirgi muddat: 31-yanvar 2026 (2 hafta davomida!)

Manzil: Afg‘oniston Fuqarolarini O‘qitish Ta’lim Markazi (Termiz tumani, Sharof Rashidov Mahallasi, Sayhun ko’chasi 104 uy).
Batafsil ma’lumot va ariza shakli uchun markaz xodimlariga murojaat qiling!

Murojat uchun kamentaryada malumotingizni qoldiring !!!

Leave a Comment