Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil topgan ushbu markaz bir nechta ta’lim yo‘nalishlarida Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berib kelmoqda:
1. O‘zbek tili va adabiyoti (bakalavr)
2. Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi. (bakalavr)
Qisqa muddatli va 1 yillik o’quv kurslari
1.“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash yo‘nalishi
2. Informatika va axborot texnologiyalari
3. Yengil sanoat (Tikuvchilik)
4. Agrobiznes
5. Turizm
Markaz O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida qabul qilingan normalarga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish tashkil etilgan. Afg‘oniston tomoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda markazda kadrlarni oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari asosida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqartirilgan ta’lim muddatlari bo‘yicha o‘quv rejalari modullashtirilgan shaklda ishlab chiqilgan. Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan.
Markazda ayni vaqtda 204 nafar talaba tahsil olib, ularning 152 nafari O‘zbek tili va adabiyoti, 34 nafari Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishidadir.
Talabalar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, markazning axborot-resurs markazida bir vaqtning o‘zida 80 nafar talaba yoshlar bemalol dars qilish, internet manbalaridan foydalanish, texnika, ijtimoiy-gumanitar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi adabiyotlar, O‘zbekistonda ishlangan badiiy va hujjatli filmlar, audio va elektron kitoblar to‘plamidan foydalanish imkoni yaratilgan. Shuningdek, 2 dona O‘zinfokiosk qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, unda o‘zbek va dari (afg‘on) tillarida dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan va ushbu dasturdagi 5 ta bo‘lim (“O‘zbekiston ramzlari”, “Madaniy meros”, “Arboblar”, “Iftixorlarimiz”, “Galereya”) ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan.
Markazda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yosh notiq, yosh jurnalist, mamlakatshunoslik, yosh dasturchi, tasviriy va xalq amaliy san’ati, 10 dan ortiq sport to‘garaklari, tikuvchilik, sartaroshlik va boshqa to‘garaklar faoliyat olib borilmoqda
Ibrat Academy