O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARINI O‘QITISH TA’LIM MARKAZI HAQIDA

            Mustaqillik  tufayli O‘zbekiston Respublikasida erkin, huquqiy demokratik davlat barpo etilayotganligi hamda dunyo hamjamiyatida mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanayotganligi hammani quvontiradi.

            Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyovning “Men qat’iy aminman: afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli” degan purma’no fikrlari ayni haqiqatdir. Bizga ma’lumki, qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasidagi kelajak avlod 40 yildan ortiq urush alangasida voyaga yetib kelmoqda. Ushbu mamlakatda tinchlikni saqlash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2017 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning o‘tkazilishi ham bejizga emas.

           Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 10 sentabr kuni Ostonada Islom hamkorlik tashkiloti Sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi davlat rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Termiz tumanining Afg‘oniston bilan chegara hududida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan edi.

           Mazkur kelishuv ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-son qarori bilan ushbu markaz tashkil etildi.