Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari – Gemma Warren, Markaziy Osiyo bo‘yicha terrorizmga qarshi kurash masalalari birinchi kotibi hamda Helen Brodrick, Siyosiy va jamoatchilik diplomatiyasi bo‘limi rahbari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga Markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ta’lim va kasbiy tayyorlov dasturlari, shuningdek, afg‘on fuqarolarining ijtimoiy moslashuvi va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari Afg‘oniston xavfsizligi va barqarorligi barcha uchun muhim ekanini ta’kidlab, Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishganidan mamnunligini bildirdi.
Ibrat Academy