Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zaro ahdlashuvlar asosida Afg‘oniston Islom Respublikasidan yuboriladigan shaxslarni malakali mutaxassislar etib tayyorlashga ko‘maklashish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin va uni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashtirish nazarda tutilsin.
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va bu erda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek, qayta tayyorlanib malakasi oshiriladi, Markaz O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida g‘azna hisobvaraqlariga, milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Markazda Afg‘oniston tomoni buyurtmanomalariga muvofiq gumanitar, pedagogika va muhandis-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga zarurat bo‘lganda, ta’lim yo‘nalishlariga Afg‘oniston tomoni buyurtmanomalariga binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishiga ruxsat berilsin.
o‘zaro kelishilgan oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, pedagogika texnologiyalari va o‘qitish uslublarini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va tegishli tarmoq idoralari hamda tashkilotlari bilan munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga zarurat bo‘lganda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Afg‘oniston tomoni bilan kelishgan holda, Markaz faoliyatiga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Afg‘oniston tomoni bilan kelishuv asosida Markaz belgilaydigan tartib hamda muddatlarda o‘quvchilar va talabalar o‘qishga qabul qilinadi hamda bitiruvchilar attestatsiyadan o‘tkaziladi;
Markazda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida qabul qilingan normalarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalari filiallarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdori va shartlari tatbiq etiladi;
Markazga respublika ta’lim muassasalaridan o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida jalb etiladi;
respublika ta’lim muassasalaridan jalb etiladigan o‘qituvchilarning Markazga kelib-ketishi va yashashi bilan bog‘liq xarajatlar Markaz tomonidan qoplanadi.
istisno tariqasida, Afg‘oniston tomoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Markazda kadrlarni oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari asosida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqartirilgan ta’lim muddatlarini belgilash;
b) Markazga belgilangan maqsadli ko‘rsatmalar, milliy-madaniy xususiyatlar, o‘qitish tiliga ko‘ra akademik guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.
7. Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tezkor boshqarish huquqi asosida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan Yangiariq qishloq xo‘jaligi kollejining (keyingi o‘rinlarda kollej deb ataladi) bino hamda inshootlarini Markazni joylashtirish uchun bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin va bir oy muddatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan kollejni belgilangan tartibda tugatish, kollej o‘quvchilarining yashash joylarini hisobga olgan holda, ular kontingentini taqsimlash yo‘li bilan boshqa kasb-hunar kollejlarida tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirishini ta’minlash, shuningdek, kollejning tugatilishi sababli uning bo‘shab qoladigan xodimlarini belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Markazda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi, zarurat bo‘lganda Markazni ta’minlash xarajatlarining yetishmaydigan qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Markaz bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlanadigan oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi tegishli hujjat beriladi;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga o‘qishni tugatganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi sertifikatlar beriladi;
Markazda tegishli o‘quv yili uchun kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlari va shartlari Afg‘oniston tomoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining o‘zaro kelishuviga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
10. Belgilansinki, Afg‘oniston Islom Respublikasining fuqarolari o‘qish uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablag‘lari hisobidan to‘laydi, to‘lovning qolgan qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
12. Surxondaryo viloyati hokimligi Markazning talabalar shaharchasini tashkil etsin va uning infratuzilmasida talabalarning alohida yashash joylari, tibbiy xizmat punktlari, oshxonalar, kir yuvish xonalari, kundalik foydalanish uchun tovarlar chakana savdo do‘konlari, tegishli muhandislik kommunikatsiyalari va boshqalarni nazarda tutsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda Markaz o‘quv korpuslarida qurilish-tiklash ishlarini moliyalashtirish va talabalar shaharchasining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun Surxondaryo viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kapital mablag‘lar hisobidan tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Markazning tegishli bino va inshootlarini hamda uning talabalar shaharchasini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha:
Surxondaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
15. Belgilansinki, Markazning bino va inshootlari asosiy turdagi kompyuter va multimedia texnikasi, sinxron tarjima apparaturasi, videokuzatuv uskunalari, inventar va mebel bilan qurilish-rekonstruksiya ishlarining tegishli bosqichlari yakunlanishiga ko‘ra (foydalanishga “tayyor holda” topshirish sharti bilan), ularni xarid qilish xarajatlarini loyiha-smeta hujjatiga kiritish orqali belgilangan normativlarga muvofiq jihozlanadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markazning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida o‘qish uchun keladigan chet ellik talabalarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Markazning chet ellik talabalariga ko‘p martalik vizalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni davlat bojlari undirmasdan vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilishni va vaqtinchalik propiska muddati uzaytirilishini ta’minlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz hududida ta’lim oluvchilar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida ularning o‘qish va yashash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlash hamda tegishli xodimlar ajratish, shuningdek, o‘quv jarayonini puxta tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda Markazning qo‘riqlash kompleksini shakllantirsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tegishli xorijiy tillarga ixtisoslashgan malakali sinxron tarjimonlarning Markaz o‘quv jarayoniga jalb etilishini ta’minlasin.
19. Markazga ikkita avtotransport vositasini, jumladan, bitta yengil xizmat avtomobili va bitta avtobusni saqlash uchun limit ajratilsin.
20. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yilda Markazni saqlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Maorif” sohasi uchun mablag‘lari hisobidan va tasdiqlangan parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa — ushbu sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan va xo‘jalik faoliyatini yuritishdan tushadigan pul mablag‘lari;
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
— | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, komissiya raisi | |
Qo‘chqorov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari |
Turdimov E.O. | — | Surxondaryo viloyati hokimi |
Madjidov I.U. | — | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
Bekenov S.X. | — | Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
Xaydarov A.Y. | — | Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Xoshimov Sh.R. | — | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Nazarmuxamedov D.A. | — | Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
Raimov B.Y. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Fazilov G.G. | — | Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari |
Ibrat Academy