To`rayeva Sayyora Baxtiyorovna

Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi 

O`zbek tili va adabiyoti fani katta o`qituvchisi

 2021 yil “O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibasi. 2022 yil Mustaqil davlatlar hamdo`stligining “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” esdalik nishoni, 2022 yil Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun ” esdalik nishoni, 2022 yil Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni, 2023 yil Respublika Ilg`or tadqiqotlar ilmiy markazining “Ilm-fan iftixori” esdalik nishoni sohibasi.50 dan ortiq  ilmiy maqolalari xalqaro va Respublika ilmiy jurnal va konferensiyalarida chop etilgan.

Eshpulatova Xadicha Muradovna

Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi 

O`zbek tili va adabiyoti fani katta o`qituvchisi

2022-yil 26-oktabrda “Yangi O‘zbekistonda innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Intellektual izlanuvchi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib,  “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni, 2023-yil 23-yanvarda “Ta’lim sohasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va unga qaratilgan yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashib, “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, maxsus guvohnoma, sertifikat bilan taqdirlandi. 60 dan ortiq  ilmiy maqolalari xalqaro va Respublika ilmiy jurnal va konferensiyalarida chop etilgan.

Djumayev Zulfikor Satlikovich

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida kurs tinglovchilariga “Kasbiy kommunikatsiyada xorijiy til” fanidan soatbay asosida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Rus, ingliz tillarini biladi.