Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston fuqarolari uchun e’lon qilingan “Startap” mini-grantlar tanlovi bo‘yicha hujjatlar qabuli rasman yakunlanib, tanlov o’tkazilish sanasi belgilandi.
Mazkur tanlov Yevropa Ittifoqi homiyligida BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamda UZAF/ECTAC tomonidan amalga oshirilayotgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, 4000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mini-grantlarni o‘z ichiga oladi.
📅 Tanlov kunlari:
23–28-fevral 2026-yil
Tanlov tartib raqam asosida o‘tkaziladi.
📌 Har bir ishtirokchi belgilangan tartib raqami va sanasi bo‘yicha tanlovda qatnashadi.
📌 O‘z tartib raqamingiz va aniq kuningizni bilish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling.
☎️+998 97 530 04 82
☎️ Qo‘ng‘iroq qilish vaqti:
09:00 dan 16:00 gacha
Barcha ishtirokchilarga tanlovda muvaffaqiyat va omad tilaymiz! 🌟
Sizning g‘oyangiz – kelajak sari muhim qadam!
Ibrat Academy