SURXONDARYO VILOYATIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARI UCHUN YANGI IMKONIYAT!
O’Z BIZNES REJANGIZ BORMI? INNOVATSION G’OYANGIZNI AMALGA OSHIRING!
BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan UZAF/ECTAC (“Surxondaryo viloyatining Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash salohiyatini oshirish”) loyihasi “Startap” biznes g‘oyalarini rivojlantirish uchun mini grantlar (4000$ gacha!) tanlovini e’lon qiladi!
Loyiha haqida qisqacha:
ECTAC loyihasi (2022–2026) Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston fuqarolari (ayniqsa yoshlar va ayollar) uchun kasbiy ta’lim, qisqa muddatli kurslar va raqamli o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Maqsad – bandlik, daromad manbalari yaratish va ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
Tanlovda Surxondaryo viloyatida yashovchi 20-55 yoshdagi barcha Afg‘oniston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Topshirish muddati:
Ariza (biznes reja) topshirish boshlanishi: 19-yanvar 2026 (Dushanba)
Oxirgi muddat: 31-yanvar 2026 (2 hafta davomida!)
Manzil: Afg‘oniston Fuqarolarini O‘qitish Ta’lim Markazi (Termiz tumani, Sharof Rashidov Mahallasi, Sayhun ko’chasi 104 uy).
Batafsil ma’lumot va ariza shakli uchun markaz xodimlariga murojaat qiling!
Tel: +998 93 261 3999
Biznes rejangizni hozir tayyorlang va topshiring!
Ibrat Academy