Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim O.Tadjiyev so’zga chiqib, markazda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etilgan bo‘lib, markazning maxsus rasmiy veb-saytlarida va telegram kanalida muntazam ravishda yoritilib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Markazda har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida, Odob -axloq qoidalari, Ichki-tartib qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi qoidalari bilan tanishtirilib, kerakli targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.