2025-yil 14-fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Japan International Cooperation Agency (JICA)ning Afg‘onistondagi vakili Yusuke Minato tashrif buyurdi.
Tashrif davomida:
Markaz faoliyati va amalga oshirilayotgan o‘quv dasturlari bilan tanishtirildi;
Afg‘on fuqarolari uchun kasbiy va texnik ta’lim yo‘nalishlari muhokama qilindi;
Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar ta’lim, kasbga tayyorlash va bandlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Markaz jamoasi JICA bilan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishga umid bildiradi.

@markaz2011 uzaf.uz

Leave a Comment