2025- yil 25- noyabridan yurtimizda “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan o’tkazilmoqda. Mazkur kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.

Shu munosabat bilan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Aytish joizki, “Gender asosidagi zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” jahonning 187 ta mamlakatida o’tkaziladi. Bugungi kunda kampaniya 6 mingdan ziyod tashkilot hamda 300 mln kishini qamrab olmoqda.

Tadbirda O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, jumladan, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.