Korrupsiya — taraqiyot kushandasi
2025 -yil 26-noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda markaz direktori I.Mamarajapov so’zga chiqib, Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishini ta’kidladi.
Markazning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mas’ul xodimi O. Tadjiyev tomonidan korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi tushuntirildi.
Ibrat Academy