Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Atrof-muhitni asrash va bioxilma-xillikni saqlash” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-texnik anjuman doirasida turli yo‘nalishlarga oid sho‘balar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishlarda ekologiya, o‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar, agrotexnologiya hamda innovatsion texnologiyalar sohalaridagi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda ekologiya sohasi bo‘yicha ekspertlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, yangi ilmiy g‘oyalar va tajribalar almashildi.

Anjumanda Oʻzbekiston va Pokistonning qator ilmiy muassasalaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda ekologiya sohasi boʻyicha ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumanda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi direktori I.Mamarajapov Atrof -muhitni asrash va bioxilmaxillikni saqlash borasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik mavzusida ma’ruza qildi.