«21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun»
Barcha yutdoshlarimizni, dunyo bo’ylab o’zbek tilida so’zlashuvchi barcha tildoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan qutlayman!
Ona tilimiz — o‘zbek tili xalqimizning bebaho boyligi, milliy g‘ururimiz va mustahkam birdamligimiz timsolidir. Bu til asrlar davomida buyuk ajdodlarimizning ilmiy, adabiy va madaniy merosini avloddan-avlodga yetkazib kelayotgan muqaddas qadriyatdir.
Bugun O‘zbek tili barcha jabhalarda faol qo‘llanilmoqda, uning nufuzi va mavqei, nafaqat, yurtimiz, balki, dunyo bo’ylab ortib bormoqda.Tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat, uni sevish va qadrlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Keling, ona tilimizni yanada chuqur o‘rganish, bu tilda ilm va ijod qilish, uni asrab-avaylash va yosh avlodga to‘g‘ri, ravon va boy holatda yetkazish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik.
Yana bir bor O‘zbek tili bayrami qutlug’ bo’lsin!
Hurmat bilan, I. Mamarajapov
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori
Ibrat Academy