2025 yil 24 oktyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tuman Statistika bo’limi bilan hamkorlikda Seminar -trening bo’lib o’tdi.

«O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida»gi prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasining 7-oktyabrdagi BM-629 — sonli hamda viloyat hokimining 547-8-0-Q/25 sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu trening tashkil etildi.
Seminarda Termiz tumani mahalla fuqarolari yig’inlarining yettiligi va markaz ma’muriyati xodimlari ishtirok etishdi. Trening davomida 2026 yilda aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazishni to’g’ri tashkil etish haqida batafsil ma’lumot berildi.