Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlik
2025-yil 9-oktyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishda Termiz tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari U. Do‘stqobilov, IIB kadrlar bo‘yicha inspektori B. Muxammadiyevlar ishtirok etishdi. U.Do’stqobilov Korrupsiyaning oldini olish, unga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish, ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo’yicha tavsiya va maslahatlarini berib o’tdi.
Ta’lim markazining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mas’ul xodimi O. Tojiyev “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va unda oʻqishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida ishtirokchilarni tanishtirdi.
Suhbat jarayonida korrupsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar va ularning ta’lim tizimidagi jiddiy xavflari alohida ta’kidlandi.
Ibrat Academy