2025-yil 28 — noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda “Inson – insonga ko‘makchi” shiori ostida “Kouching” seminari o‘tkazildi.

Kouchingda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash, sanatoriylarga yo‘llanma olish, Ayollar va bolalarga nisbatan taziq hamda zo‘ravonlikka qarshi kurash, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni RTV hamda POM bilan ta’minlash va bandligiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Fuqarolarning taklif-mulohazalari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Tadbir yakunida “Kouching”da faol ishtirok etgan fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.