Prezidentimiz BMT Bosh Аssambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqining global va mintaqaviy xavfsizlik masalasiga oid qismida Аfgʼonistondagi vaziyatga toʼxtaldi (https://president.uz/uz/lists/view/8528).

Prezident Shavkat Mirziyoev Аfgʼon xalqining tinch va osuda hayotga boʼlgan intilishini qoʼllab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini birlashtirishga chaqirib, bu davlatning yakkalanib qolishiga yoʼl qoʼymaslik oʼta muhimligini alohida taʼkidladi.

Oʼzbekiston ushbu mamlakatda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqchi ekani qayd etildi.

Prezidentimiz Аfgʼoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish boʼyicha BMTning alohida rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.