2025-yil 23-sentyabr kuni BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikdagi loyihalarni samarali amalga oshirishni tashkil qilish bo’icha seminar-treningning 2-kunida BMT TD vakillari va ishtirokchilar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Seminar-trening BMTTDning mutaxassislari tomonidan «Pul mablag’larini o’tkazishda uyg’unlashgan yondashuv» mavzusida o‘tkazildi. Tadbirda BMTTDning hamkor tashkilotlari jamoalari qatnashdilar va hamkorlikdagi loyihalarni samarali tashkil etish bo’yicha yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar. Markazda yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar seminar qatnashchilarida katta ta’surot uyg’otdi.