Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi beqiyos o‘rni, murabbiylarning fidokorona mehnati va yosh avlod tarbiyasidagi hissasi yuksak e’tirof etildi. Markaz rahbariyati tomonidan barcha ustoz-murabbiylarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Bayram munosabati bilan markaz xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularning kasbga sadoqati va mehnatiga nisbatan hurmat ifodasi sifatida faxriy yorliqlar ham taqdim etildi.
Tadbir so‘ngida barcha jamoa a’zolari uchun bayramona tushlik dasturxoni tashkil etildi. Iliq muhitda o‘tgan ushbu tadbir barchaga katta ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi.
Ibrat Academy