Mahalla tizimi xodimlarining bilim va malakalarini oshirish bo’yicha O’quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi bosh mutaxassisi Mirzayev Sarvarbek Akramovich ham ishtirok etib, seminarda mahalla raislari va tizim xodimlarining zamonaviy boshqaruv samaradorligini oshirish, aholining muammolarini joyida hal qilish borasida ko’rsatmalar berdi.
Seminar doirasida:
-Mahalla raislarining “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini samarali tashkil etish va ularning davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda xalq deputatlari Kengashlari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi ustuvor vazifalar;
-Aholini Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash mexanizmlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori I. Mamarajapov markazda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Ibrat Academy