JICA delegatsiyasi Ta’lim markazida

Bugun Ta’lim markaziga JICAning Afg‘onistondagi bosh vakili Osamu Hattori va O‘zbekistondagi yetakchi mutaxassisi Sharifzoda Sharipov tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Markaz faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Hattori janoblari JICA va UNDP hamkorligida imzolangan “Surxondaryo viloyatida zaif aholi qatlamini, jumladan Afg‘oniston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish” loyihasini alohida ta’kidladi. U Afg‘oniston barqarorligi O‘zbekiston, ayniqsa Surxondaryo uchun muhim ekanini urg‘ulab, Ta’lim markazi faoliyati va jamoasi bilan tanishganidan mamnunligini hamda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi. Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.