2025- yil 15 — sentyabr kuni Prezidentimizning o’qituvchi va murabbiylar bilan muloqoti bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati pedagoglari ham viloyat, shahar va tumanlar studiyalari orqali ishtirok etdi. Uchrashuvda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida qatnashgan ta’lim fidoyilari davlat rahbarining yangi tashabbuslarini ko‘tarinki ruh bilan qarshi olishdi.
Muloqot yakunida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, o‘zining boy tajribasi, bilim va salohiyati hamda fidoyiligi bilan yosh avlod tarbiyasida alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh pedagoglar viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi ta’lim fidoyilarini yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabrikladi. Quvonarlisi shuki, Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi O’quv -uslubiy bo’lim, uslubchisi Igamberdiyeva Dilorom Baxtiyorovna ham viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ibrat Academy