Hurmatli “Startap” loyihasi tinglovchilari,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tashkiloti tomonidan ‘Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish’ loyihasi doirasidagi Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining biznes g’oyani rivojlantirish (“Startap” loyiha) bo’yicha kichik grantlar tanlovida ishtirok etganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizning ishtirokingiz va innovatsion takliflarni rivojlantirish yuzasidan faolligingiz hududdagi istiqbolli loyihalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadlarimizga xizmat qilmoqda.
“Startap” loyihasi doirasidagi kichik grantlar bo’yicha o’tkazilgan avvalgi tanlov jarayoni ochiqlik va shaffoflik asosda katta e’tibor va mas’uliyat bilan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, biz ushbu jarayonni BMTTD tomonidan talab qilinadigan shaffoflik va hujjat yuritish standartlariga muvofiqlashtirish zarurligini inobatga olgan holatda qayta saralash tanlovini o’tkazishga qaror qildik.
Kelgusi saralash tanlovi ham bosqichma-bosqich shaffof va yuqori darajada hujjatlashtirilgan holatda adolatli o’tkazilishidan umidvormiz. Baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi va baholash mezonlar haqidagi batafsil ma’lumotni ilova qilamiz.
Bizni qo’llab-quvvatlaganingiz va bizga ko’rsatgan e’tiboringiz uchun minnatdorlik bildirgan holatda, saralash tanlovida faol ishtirok etishingizni kutib qolamiz.
Asosiy ma’lumotlar:
🛑 Biznes rejalarni topshirish muddati: 2025-yil 2-fevral
📆 Tanlov kuni: 2025-yil 4-fevral (Biznes rejalarni topshirgandan so’ng har bir ishtirokchi uchun aniq vaqti belgilangan xabar yuboriladi)
🏢Manzil: Afg‘oniston Fuqarolarini O‘qitish Ta‘lim markzi, Yevropa Ittifoqi xonasi
Savollar yuzasidan biz bilan quyidagi raqam orqali bog‘lanishingiz mumkin:
☎️+998911650901
Samimiy hurmat bilan,
Loyiha rahbariyati
Ibrat Academy