2025-yil 29-yanvar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida kasb o‘rganayotgan afg‘on tinglovchilariga «APEX LIFE INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari Sh.Nazarov trenning o‘tkazdi. Trenning davomida tinglovchilar bilan savol-javob qilindi. So’zga chiqqan tinglovchilar ko’rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini aytib o’tishdi.
Ibrat Academy