Hunarmandlar uyushmasi

O’zbekiston Respublikasi “Hunarmandlar uyushmasi” Surxondaryo viloyat boshqarmasining Nogironligi bo’lgan hunarmandlarni qo’llab – quvvatlash hamda ularga maqbul muhitni yaratish uchun tashkil etilgan qo’l mehnati ko’rgazmasi bo’lib o`tdi. Ushbu tadbirda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va  tinglovchilari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirdagi faol ishtiroki uchun bir guruh tinglovchilar va markaz xodimlari sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Batafsil

Intermex xalqaro savdo majmuasi

Afg’oniston delegatsiyasi Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi.  Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari D.Rasulov delegatlarni Termiz shahrining Afg’oniston bilan chegaradosh hududidagi «Intermex» xalqaro savdo majmuasi faoliyati bilan tanishtirdi hamda ikki davlat vakillari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi.Ushbu uchrashuvda Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi   rahbariyati…

Batafsil