Afg’oniston delegatsiyasi Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi. 

Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari D.Rasulov delegatlarni Termiz shahrining Afg’oniston bilan chegaradosh hududidagi «Intermex» xalqaro savdo majmuasi faoliyati bilan tanishtirdi hamda ikki davlat vakillari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi.Ushbu uchrashuvda Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi   rahbariyati va tinglovchilari ham qatnashishdi.

Markaz tinglovchilarining bir guruhi Afgonistonlik rasmiy delegatsiyaga tarjimonlik qildi.Mehmonlarda «Intermex» xalqaro savdo majmuasida yaratilgan shart-sharoitlar katta ta`surot qoldirdi.