O’zbekiston Respublikasi “Hunarmandlar uyushmasi” Surxondaryo viloyat boshqarmasining Nogironligi bo’lgan hunarmandlarni qo’llab – quvvatlash hamda ularga maqbul muhitni yaratish uchun tashkil etilgan qo’l mehnati ko’rgazmasi bo’lib o`tdi.
Ushbu tadbirda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirdagi faol ishtiroki uchun bir guruh tinglovchilar va markaz xodimlari sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.