Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig»ilishda markaz direktori I.Mamarajapov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyati yuzasidan axborot berdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi J.Sherdanaqulov so’zga chiqib, boshlang‘ich tashkilotning faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida gapirdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘rtasida Memoramdum imzolandi.
Markaz boshlang‘ich tashkilotida yetakchi bo‘lib ishlab kelgan A.Boltayevning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan jamoaning taklifiga binoan
ATM raxbari Sh.Muradov jamoatchilik asosida yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi lavozimiga tavsiya etildi.
Ibrat Academy