Hurmatli Vatandoshlar, aziz hamkasblar, jamoadoshlar!
Siz azizlarni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori va kafolatidir.
Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi ahamiyati beqiyos.
Siz, aziz vatandoshlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
Hurmat bilan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori
I. Mamarajapov
Ibrat Academy