Hurmatli yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz taraqqiyoti, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilayotgan Bosh qomusimiz — Konstitutsiya mustaqilligimizning mustahkam poydevori, taraqqiyot va adolat tamoyillarining yorqin ifodasidir.

Bugun O‘zbekiston yangi davr islohotlari yo‘lida dadil qadam tashlar ekan, Konstitutsiyamizda mujassam qadriyatlar — demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va ochiqlik tamoyillari jamiyatimiz rivojining bosh mezoni bo‘lib qolmoqda.

Ushbu qutlug‘ sana barchamizni Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, adolatli va huquqiy jamiyatni barpo etish yo‘lidagi mas’uliyatli vazifalarga yanada sadoqatli bo‘lishga undaydi.

Konstitutsiyamizning 33 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, kelajagimiz porloq bo‘lsin!

UZAF Matbuot xizmati