1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida ma’rifiy yig’ilish bo‘lib o‘tdi.
Tibbiyot xodimi B. Shomirzayeva tomonidan OIV infeksiyasining rivojlanishi, uning patogenezi, aholi orasida tarqalish xavfi, tashxislash usullari, kasallikning bosqichlari va unga qarshi profilaktika choralariga oid batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining afzalliklari — zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ibrat Academy