Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Bugun biz yurtimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni keng nishonlamoqdamiz. Ushbu qutlug‘ sana xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi dadil qadamlari, milliy g‘urur va iftixorimizning yorqin timsoli sifatida qalblarimizda munosib o‘rin egallagan.
Davlat bayrog‘imiz — Vatanimiz suvereniteti, tinchliksevar siyosatimiz, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchining ramzidir. U har birimizni birlikka, mas’uliyatga va yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi.
Shu munosabat bilan barchangizni ushbu sana munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman. Yurtimiz bayrog‘i doimo balandlarda hilpirab, el-yurtimizning qudrati va shon-shuhratini dunyoga taratib tursin!
Bayram muborak!
Ibrat Academy