Afg‘oniston bilan bog‘liq masalalarni hal etmasdan turib, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlab bo‘lmaydi. Bu mamlakat umumiy mintaqamizning bir chekkasida emas, balki uning tabiiy bir qismidir.
Butun Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikning mustahkam bo‘lishi ko‘p jihatdan Afg‘onistonning tiklanishi va rivojlanishiga bog‘liq.
Afg‘onistonning jafokash xalqi chuqur gumanitar inqiroz sharoitida yashashda davom etmoqda. Shu munosabat bilan mintaqa mamlakatlari Afg‘onistonni mintaqaviy va xalqaro jarayonlarga izchil jalb etish zarurligidan kelib chiqmoqda. Bu esa ushbu mamlakat taraqqiyoti va keng mintaqamizda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasidan (https://president.uz/oz/lists/view/8653)
Ibrat Academy