Markazning 8 yillik faoliyati nishonlandi!

Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir Markaz faoliyatining 8 yilligiga bag‘ishlanib, unda Markaz jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirni Markaz direktori I. Mamarajapov ochib berib, jamoani tashkilotning 8 yilligi bilan samimiy tabrikladi. U o‘z chiqishida Markazning tashkil topganidan buyon Afg‘oniston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’lim va kasbga yo‘naltirish borasida erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidladi.

Bayram dasturining davomida tinglovchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi. Tanlov jarayoni qiziqarli muhitda o‘tib, eng faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Tadbir yakunida esa jamoa uchun bayram dasturxoni yozildi, samimiy suhbatlar va iliq tilaklar bilan 8 yillik faoliyat yodda qolarli tarzda nishonlandi.

8 yil — bu fidokorona mehnat, o‘zaro do‘stlik va yangi yutuqlarga intilish yillari!