Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining 8 yillik yubileyi munosabati bilan
Hurmatli Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi, aziz hamkorlar va qadrlı mehmonlar! Sizlarni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi hamda shaxsan o‘zim nomimdan Markaz faoliyatining 8 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi qisqa fursat ichida mintaqada xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish, qo‘shni mamlakat yoshlari uchun ilm-fan, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlarini yaratishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Markaz faoliyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar, o‘quv-moddiy bazaning mustahkamlanishi, yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar — bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston bilan do‘stlik va qo‘shnichilik siyosatining amaliy ifodasidir. Markaz bitiruvchilari bugun nafaqat o‘z yurtining taraqqiyotiga, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotganlari bilan faxrlanamiz. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Markaz rahbariyatiga, fidoyi o‘qituvchi va mutaxassislariga, barcha xodimlarga sog‘lik, bardavom muvaffaqiyatlar va yangi zafarlarga boy faoliyat tilayman. Afg‘onistonlik tinglovchilarga esa — bilim sari yo‘llarida yuksak marralarni zabt etish, o‘z yurtining taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shish baxtini tilayman.
Yurtlarimiz do‘stligi, ilm va ma’rifat aloqalari bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ruziyev Oybek Abdimuminovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

Ibrat Academy