Avvalambor, ustoz-murabbiydek sharafli, zahmatli kasb egalari, aziz o‘qituvchilarimizni «1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan  samimiy muborakbod etamiz. 

Аziz ustozlarimiz, zaxmatkash muallimlarimiz, qadrli pedagoglarimiz, oldida bosh egib taʼzim qilamiz. 

Siz aziz ustozlarning fidokorona mehnatingiz sabab, markazimiz qariyb 6 yil davomida nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy, o‘ta muhim va e’tiborga molik  ta’lim maskaniga aylandi va dunyo mamlakatlari o‘rtasida ham o‘z o‘rnini egallamoqda. 

Yana bir bor barchangizni kasb bayrami bilan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda davomli muvaffaqiyatlar, xonadoningizga esa fayzu baraka tilaymiz.   

Bayramingiz muborak boʼlsin! 

Hurmat va ehtirom ila,  Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaz jamoasi

Leave a Comment