2024 — yil 30 — oktyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida «1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda Afg‘oniston Islom Respublikasining Termiz shahridagi konsulligi xodimlari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaz jamoasiva tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida konsullik vakili Abdunabi Boboyev so’zga chiqib, Ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. So’ngra markaz tinglovchilari o`z dasturlarini namoyish etishdi. Tadbirda markazda samarali faoliyat yuritayotgan bir qancha jonkuyar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorlig’i va tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar bayram dasturxoniga taklif etildi.

Ibrat Academy