2025- yil 11-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil makon” tashabbusini qo‘llab quvvatlash maqsadida bosh reja va innovatsion moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish” qo‘shma loyihasining 2024-2025-yilgi bosqichi yakunlari boyicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu loyiha 2022 yildan buyon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.

Uchrashuv davomida BMTTD ning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakili Kabir Yusupov, ta’lim markazi jamoasi, loyihada ishtirok etgan tashkilotlar, bevosita jarayonlarda mehnat qilgan afg’on va o’zbek jamoalari vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda loyihaning ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyati, natijalar va e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlari, kelgusida bunday loyihalarning bardavom bo’lishi yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida loyihada faol ishtirok etgan bir guruh ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) tomonidan tasdiqlangan Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Bu ularning barqaror ekologik tashabbuslarni rivojlantirish va O‘zbekistonda yashil taraqqiyotni ilgari surish yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, professional mahorati va bebaho mehnatining, qo‘shma loyihaga qo‘shgan ulkan hissasining yuqorida qayd etilgan nufuzli tashkilotlar tomonidan e’tirofi bo’ldi.