Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tumanining Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025-yil 19-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida»gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumanida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi mahallalar «yettiligi» a’zolari jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, statistika bo‘limi hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.Seminarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish, joylarda amalga oshiriladigan ishlar, mas’ullar zimmasidagi vazifasi hamda ro‘yxatga olish jarayonida aholi faolligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.