Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida kengash yig‘ilishi

2025-yil 30-avgust kuni Markazda 2025/2026-o‘quv yiliga bag‘ishlangan navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini tantanali nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni
Yangi ish rejalarini tasdiqlash
Markazning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati

Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida Markaz direktori I. Mamarajabov so‘z olib, barchani Mustaqilligimizning 34 yilligi kabi ulug‘ va qutlug‘ sana bilan qalbdan tabrikladi.