🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi muborak!
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!
Bugun yurtimiz hayotida eng ulug‘ va qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini bayram qilmoqdamiz. Mustaqillik biz uchun nafaqat erkinlik va ozodlik timsoli, balki xalqimizning buyuk orzu-umidlari, milliy g‘urur va sha’nining yorqin ramzidir.
Oradan o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lida ulkan marralarni bosib o‘tdi. Har bir sohada erishilayotgan yutuqlar, xalqimizning farovon hayoti, dunyoda ortib borayotgan obro‘-e’tibori – bularning barchasi mustaqillik sharofatidir.
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi nomidan Siz, azizlarni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yurtimizda tinchlik va barqarorlik doimo qaror topib, Vatanimiz ravnaqini ta’minlash yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz barakali bo‘lishini tilayman. Mustaqillik bayrami qalblarimizga yangi kuch-g‘ayrat, ertangi kunimizga yanada katta ishonch va bardavom baxt olib kelsin!
Hurmat bilan,
I. Mamarajabov
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori
Ibrat Academy