Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Surxondaryo viloyatida istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘rtasida “Startap” mini-grantlar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamda UZAF/ECTAC tomonidan amalga oshirilayotgan
“Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Tanlov doirasida eng istiqbolli biznes g‘oyalarga 4000 AQSh dollarigacha mini-grant ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Tanlov ishtirokchilari o‘z innovatsion va amaliy biznes tashabbuslarini taqdim etib, moliyaviy ko‘mak hamda mutaxassislar maslahatiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat, omad va yangi yutuqlar tilaymiz!
@markaz2011 uzaf.uz
Ibrat Academy