JICA delegatsiyasi Ta’lim markazida
2025-yil 10-dekabrda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga JICAning Afg‘onistondagi bosh vakili Tosaka Sota tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Markaz rahbariyati bilan kelajakdagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tosaka Sota janoblari Ta’lim markazi faoliyati va jamoasi bilan tanishganidan mamnunligini hamda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Shundan so’ng, mehmon markazning Faxriy mehmonlar kitobiga o’z fikrlarini yozib qoldirdi. Ushbu tashrif o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ibrat Academy