2025-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (OSCE) O‘zbekistondagi loyihalar kordinatori Cooper Sainsbury, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti(IOM) loyihalar bo‘yicha kordinatori Tatyana Verigolar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar markazda yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida Tashqi migratsiyadan qaytgan ayollarning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish yo‘lida “Moliyaviy savodxonlik” va “IT” yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari Markaz faoliyatini yuqori baholab, yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlardan yaxshi taassurot oldilar.

Ushbu tashrif o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.