Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida kengash yig‘ilishi
2025-yil 30-oktyabr kuni Markazda navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Markazda ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish masalalari
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining Farmon, Farmoyish va Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq va topshiriqlari, markaz Kengashi qarorlari hamda Markaz direktori buyruqlarining ijrosi tahlili
Axborot texnologiyalari, Axborot-resurs markazi, kompyuter va lingafon xonalari, fan kabinetidan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ibrat Academy