Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida 2024-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi  “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi doirasida BMTTD dasturlarini tahlil etish boyicha mutaxassis G. Xudoybergenova, Birlashgan Millatlar tashkilotining qochqinlar bo’yicha oliy komissari boshqarmasining iqtisodiy masalalar bo’yicha mutaxassisi Roman Mixalak, Xalqaro ekspert  Liviu Nikiforel, xalqaro ekspert Veronika Vendt  Surxondaryo viloyati Davlat o’rmon xo’jaligi Katta qum uchastkasidagi Vali Xoliyorov xususiy ko’chatxonasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar loyihada ishtirok etayotgan mahalliy aholi vakillari bilan uchrashdi va  ko’chatxonadagi loyiha doirasida  olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi

Leave a Comment