Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida 2024-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi doirasida Angordagi «Gʻulom Qodir Shayx» MChJ da koʻchatxona tashkil etilmoqda. Ushbu kochatxonaga BMTTD dasturlarini tahlil etish boyicha mutaxassis G. Xudoybergenova, Birlashgan Millatlar tashkilotining qochqinlar bo’yicha oliy komissari boshqarmasining iqtisodiy masalalar bo’yicha mutaxassisi Roman Mixalak, Xalqaro ekspert Liviu Nikiforel, xalqaro ekspert Veronika Vendt tashrif buyurdi. Tashrif davomida Afg’onistonlik fuqarolar bilan uchrashdi va Yashil makon umummilliy loyihasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida gaplashib olindi.
Ibrat Academy