Xalqaro_aloqalar

Xalqaro Migratsiya tashkilotining O’zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
2024 yil 22 noyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga Xalqaro Migratsiya tashkilotining O’zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishdi. Mehmonlar tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan shart-sharoitlar va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan Stomatologiya xonasi hamda Fitnes xonasi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Markaz rahbariyatidan o’zini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Markaz faoliyatiga yuqori baho berib, kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.