Shved delegatsiyasi ta’lim markazida

2025-yil 29-sentyabr – 6-oktyabr kunlari Shvetsiya Adliya vazirligi va Taraqqiyot agentligi (SIDA) vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistondagi tashrifi doirasida 2025-yil 3-oktyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishishdi.

O’zbekistonga tashrifning asosiy maqsadlari—

Migratsiya, reintegratsiya va ijtimoiy himoya yo‘nalishlarini rivojlantirish, bu yo’nalishlarda mahallalarni qo‘llab-quvvatlash,
Afg‘oniston fuqarolarini O‘zbekistonda o‘qitish
hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek-shved hamkorlik loyihalari imkoniyatlarini o‘rganish.

Delegatsiya a’zolari ta’lim markazi faoliyatini yuqori baholab, yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlardan yaxshi taassurot oldilar. Ushbu tashrif o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.